2020/2021 o‘quv yili uchun Samarqand viloyati yuridik texnikumi 1-bosqich o‘quvchilari uchun tanishtiruv amaliyotlari imtixonlari boshlandi.
Tanishtiruv amaliyoti yakuniy natijalari quyidagi ikki mezon asosida baholanadi:
*1-mezon: amaliyotda egallangan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari darajasi;
*2-mezon: o‘quvchi tomonidan amaliyot davomida to‘plangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni o‘tash davomida o‘rganilgan masalalarning yoritib berilishi.
Yakunda - mazkur ikki mezon o‘rtacha bali komissiya tomonidan chiqariladi va qaydnomaga kiritiladi.
Ma'lumot uchun - Amaliyot bo‘yicha imtihonlar 2021 yil 12-21 iyul kunlari yuridik texnikum binosida Komissiya tomonidan yozma ravishda o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 9 yanvarda 3116-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandiga muvofiq, amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olinishi o‘quvchini akademik qarzdor sifatida tegishli o‘quv kursida qoldirish uchun asos bo‘lishi, uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaslik o‘quv intizomini buzish sifatida o‘quvchini belgilangan tartibda yuridik texnikum o‘quvchilari safidan chetlashtirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Дата добавления: 12/07/2021 11:24; Просмотров: 589
Чоп этилган ва?т: 31/01/2025 13:57