Yuridik texnikum o‘quvchisi yapon tilni bilish B2 darajasi sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich, 201-guruh o‘quvchisi Fayzullayeva Mushtariy Raximjon qizi yapon tili uchun — Japanese Language Proficiency Test (JLPT №2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish B2 darajasi sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz Adliya vazirligi yuridik texnikum bitiruvchilarining test sinovlarsiz suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Yurisprudensiya” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr tayyorlovchi boshqa oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishning zaruriy shartlaridan biri chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlardan biriga ega bo‘lishdir.
Mazkur o‘quvchimizning bu yo‘ldagi dastlabki muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz hamda keyingi faoliyatlariga zafarlar tilaymiz.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 14/04/2022 12:18; Просмотров: 412
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:51