Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

STIPENDIATLARGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining 78 nafar iqtidorli talaba va o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlangani e'lon qilingan edi.

 Jumladan Samarqand viloyat yuridik texnikumi 5 nafar o‘quvchisi ham Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi. Bugun texnikumda Vazirlik stipendiyasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga guvohnomalar  tantanali tarzda topshirildi.

 — Men eng baxtli o‘quvchilardanman, — deydi Texnikum o‘quvchisi Sitora Oydinova. —  Bugungi kunda biz yoshlarga, ayniqsa, bo‘lajak yuristlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Biz yoshlar  yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, namunali o‘qishimiz bilan munosib javob qaytarishga va'da beramiz.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   


Дата добавления: 09/09/2022 14:04;   Просмотров: 333
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/news/stipendiatlarga-guvohnomalar-topshirildi
Чоп этилган вақт: 27/01/2025 09:52
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг