
Samarqand viloyati yuridik texnikum o‘quvchisi halqaro miqyosida tashkil etilgan loyihada “Eng yosh olima-2021” mukofotini qo‘lga kiritdi
Samarqand viloyati yuridik texnikumi 201-guruh o‘quvchisi Baxromova Laylo Rayim qizi Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan “ IV Halqaro kitob nashriyoti” loyihasida “Eng yosh olima-2021” mukofotini qo‘lga kiritdi. Mukofotni Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-yuridik texnikum direktori Toshniyozov Otabek Polvonovich tantanali ravishda topshirdi.
Fursatdan foydalanib iqtidorli o‘quvchimizning keyingi o‘qishlari va ishlariga ulkan zafarlar tilaymiz.
Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram

Дата добавления: 30/11/2021 09:11; Просмотров: 489
Чоп этилган вақт: 29/04/2025 19:47