O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi «Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida»gi PF-80-sonli Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan onlayn seminar tashkil etilib, unda Samarqand viloyati yuridik texnikumining pedagog-xodimlari ham ishtirok etishdi.
Farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad ─ adliya organlari ko‘proq odamlar orasida, mahallalarda bo‘lib, ularning dardu tashvishlarini tinglab, muammolarini birgalikda hal etishga ko‘maklashishdan iborat.
Umuman olganda, Farmon bilan adliya organlari xalqchil tuzilmaga aylanib, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashdagi o‘rni yanada oshdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 31/05/2024 14:51; Просмотров: 166
Чоп этилган вақт: 26/01/2025 12:49