Mamlakatimizda sud-huquq soxasida isloxatlar davom etmoqda
Samarqand viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hayati sudyasi Tavbayev Shavkat Kuchakrovich Samarqand viloyat yuridik texnikumi binosida viloyatda faoliyat olib borayotgan 70 nafar advokatlarga “fuqarrlik ishlari bo‘yicha advokatning sud muzokaralarida ishtiroki” mavzusida semenar mashg‘uloti o‘tdi, bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga Oila, mehnat va uy-joy bilan bog‘liq nizolarni sudda ko‘rishda amaliyotida vujudga kelayotgan muommolar yuzasidan maruza qilindi.
Bu borada qonunlarni sud amaliyotida to‘g‘ri qo‘llanishiga Oliy sud tomonidan muntazam ravishda e'tibor qaratilib kelinayotganligini alohida ta'kidlandi. Sud amaliyotni bir xillashtirish borasida yuqorida qayd qilingan nizolar yuzasidan sud amaliyoti umumlashtirilib, bu bo‘yicha tegishli fuqarolik ishlari o‘rganilib, sud jarayonida yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchilik va xatolarni kelgusida oldini olish maqsadida Oliy sud Plenumi qarorlari qabul qilinganligi, Mamlakatimizda sud-huquq tizimida olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitusiyaviy normani amalga oshirish, Sud sohasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning samarali va demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi. Bundan tashqari fuqarolarni malakali yuridik yordam olish maqsadida advokatlarning mustaqilligini ta'minlash va malakali kadrlar bilan to‘ldirish, advokatlik kasbining obro‘si va nufuzini oshirish maqsadida, bir qancha qonunlar qabul qilinishi ham inson huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan yana bir muhim qadam bo‘lganligi yuzasidan maruza qildi.
Дата добавления: 28/01/2022 10:50; Просмотров: 469
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:21