Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

DIQQAT, DIQQAT !!!

Aziz samarqandliklar, barchangizni 2022-yil 7-may kuni

soat 9:00 da Samarqand shahrining "Qorasuv" massivida o‘tkaziladigan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan adliya sayiliga taklif etamiz.

Ushbu sayilda siz:

-huquqiy bilimlaringizni yanada oshirishingiz;

-advokatlar, notariuslar va boshqa malakali huquqshunoslar tomonidan bepul huquqiy maslahatlar olishingiz;

-davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilishingiz;

-mehnat yarmarkasida o‘zingizga munosib ish topishingiz;

-hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan savdo yarmarkalarida ular tomonidan qo‘l mehnati bilan yaratilgan buyumlardan xarid qilishingiz;

-viktorinalar va savol-javoblarda ishtirok etib qimmatbaho sovg‘alardan birini qo‘lga kiritishingiz;

-turli xil o‘yinlar va san'atkorlarning chiqishlaridan bahramand bo‘lib, madaniy hordiq chiqarishingiz mumkin bo‘ladi.

 ADLIYA SAYILIGA MARHAMAT !!!

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 


Дата добавления: 06/05/2022 17:39;   Просмотров: 368
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/news/diqqat-diqqat
Чоп этилган вақт: 28/01/2025 00:33
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг