Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

Adliya vazirligi stipendianti bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarni

Adliya vazirining 2024-yil 29-avgustdagi "Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlari iqtidorli talabalari va o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyasini ajratish to‘g‘risida"gi 282-um-son buyrug‘iga  (282-um-son buyrug‘iga)muvofiq yuridik texnikumlarining 72 nafar iqtidorli o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlandi.

Mazkur stipendiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF–5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari va o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida adliya vaziri tomonidan 2021-yilda ta'sis etilgan.

Adliya vazirligi stipendianti bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarni ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etamiz.

  Bizni kuzatib boring |• telegram | • facebook | • instagram 


Дата добавления: 04/09/2024 18:00;   Просмотров: 69
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/news/adliya-vazirligi-stipendianti-bolgan-iqtidorli-oquvchilarni
Чоп этилган вақт: 26/01/2025 12:33
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг