O‘zbekiston Respublika Adliya vazirligi Samarqand viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshqarma prokurori, Samarqand viloyat prokuraturasi hamda yuridik texnikum rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan suhbatda Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga kirish tartibi, imtihonlar hamda akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar haqida malumotlar berildi.
Jarayonda o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
“Nazariya va amaliyot uyg‘unligi -muvaffaqiyat omili” “Mahorat darsi” tashkil etildi.

Shu maqsadda joriy yilning 29-yanvar kuni Samarqand shahar iqtisodiy sudi raisi K.To‘xtayev, sudyalar L.Abduraxmonov, U.Xomidov, A.Fayziyevlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida sud sohasida olib borilayotgan islohotlar” mavzusida “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi.
Mahorat darsida mutaxassislar o‘quvchilarga ularni qiziqtirgan savollariga to‘liq javob berildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
TEXNIKUMDA YILNING "ENG IQTIDORLI O‘QUVCHILARI" ANIQLANDI !

amarqand viloyati yuridik texnikumida "Eng iqtidorli o‘quvchi" tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik prinsiplariga rioya qilgan holda olib borildi.
Tanlovda texnikumning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari 3 ta shart asosida bellashdilar:
- Taqdimot
2.Blits savol-javob
3.Chet tili bilish darajasi (sertifikat)
Hakamlar hay'ati ishtirokchilarni nizom talablariga muvofiq quyidagicha baholadi:
1-o‘rinni - Roziqova Ruxshona Axtamovna;
2-o‘rinni - Fayziyeva Sevinchbonu Jasur qizi;
3-o‘rinni Bahriddinova Aziza Oybek qizi egallashib, mos ravishda 1.875.000, 1.500.000 hamda 1.125.0000 so‘mlik sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Tanlovi g‘olibasi R.Roziqovani texnikum ma'muriyati tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlariga omad tilaydi !
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
“Konstitusiya ko‘chasi” tashkil etildi.

"Konstitusiya ko‘chasi" huquqni muhofaza qiluvchi organlar, barcha turdagi davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan tomonidan Konstitusiyaga oid qonun ustuvorligini anglatuvchi ko'rgazmalar bilan bezatildi.
Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumi va TDYU huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi o'quvchilari, shuningdek, Samarqand viloyat adliya boshqarmasining "Adliya qanotlari" jamoalari yuridik adabiyotlar namoyishi va huquqiy tarqatmalar orqali yig‘ilganlarning huquqiy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildilar.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi A. Boboyev tashrif buyurdi va adliya organlari tomonidan bezatilgan maydondagi ko'rgazmalar bilan batafsil tanishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Otaqulov tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars davomida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga kiritilgan yangi normalarning mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Shuningdek texnikum axborot resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga bag‘ishlangan burchak ham tashkil etildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram