Samarqand viloyati yuridik texnikumida Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi
Samarqand viloyati yuridik texnikumida yuridik sohada uzoq yillar mehnat qilgan, mamlakatimizning birinchi yurist ayoli, akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanib "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi
Tadbir "Xadicha sulaymonova kabi yurist bo‘laman" shiori ostida o‘tkazilib, unda texnikum o‘quvchilari, o‘qituvchi-xodimlari, hududdagi mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Xadicha Sulaymonovaning hayoti, faoliyati hamda yuridik sohaga qo‘shgan ulkan hissalari birma-bir sanab o‘tildi. Shuningdek, tadbir davomida mehnat faxriylarining olima ayolning ibratli so‘zlari hamda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
Дата добавления: 23/06/2023 12:24; Просмотров: 177
Чоп этилган ва?т: 29/01/2025 11:06