Samarqand viloyati adliya boshqarmasida ijodiy kecha tashkil etildi.
Unda Adliya vazirligi faxriylar kengashi a'zosi Mardiyev Alisher Mardiyevichning "Munosib yashamoq baxti" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis senatorlari R.Xolmurodov, F.Toshev, Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari, faxriy mehmonlar hamda universitet rektorlari ham so‘zga chiqib o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Kitob I-darajali davlat adliya maslahatchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, taniqli davlat va jamoat arbobi Alisher Mardiyevning mazmunli va sinovli hayoti va serqirra faoliyati to‘g‘risida hikoya qiladi. Unda mashhur huquqshunosning mamlakatimiz yurisprudensiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi noyob arxiv materiallari va dalillar asosida ochib berilgan.
Ushbu ijodiy kechada Samarqand viloyati yuridik texnikumining ham bir guruh o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Дата добавления: 24/02/2023 12:31; Просмотров: 245
Чоп этилган ва?т: 29/01/2025 11:02