Samarqand viloyat yuridik texnikumi w w w . s a m h u q u q k o l l e j . u z

 

“ADLIYA YOYOLI” RESPUBLIKA TANLOVINING SAMARQAND VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI.

         Samarqand viloyat Yuridik texnikumida "Adliya ayoli" respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda 7 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g‘oliblik uchun o‘zaro bellashishdi. 

Nafosat malikalari dastlab huquqiy savodxonligi, qonunchilikni qay darajada bilishlarini test sinovi shartida imtihondan o‘tkazishdi. Ular 30 ta test savoliga 30 daqiqada javob berishlari talab etildi. Keyingi shartda ular qonunchilikka oid dolzarb takliflarini himoya qilishdi. Oxirgi shartda xotin-qizlarimiz sport musobaqalari orqali kuch sinashdilar.  Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, viloyat yuridik texnikumi xodimi Fotima Berdiqulova 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2-o‘rin Samarqand shahar 1-son FHDYO bo‘limi 1-toifali inspektori Sarvinoz Haydarovaga,  3-o‘rin esa Payariq tuman 1-son FHDYO bo‘limi 1-toifali inspektoriga nasib etdi. Shuningdek, ishtirokchilarga boshqarmaning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram 


Дата добавления: 09/10/2023 08:51;   Просмотров: 173
 
Материал манзили: http://samsl.uz/oz/events/adliya-ayoli-respublika-tanlovining-samarqand-viloyat-bosqichi-bolib-otdi
Чоп этилган ва?т: 27/01/2025 21:47

Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг