Samarqand viloyati yuridik texnikumi bitiruvchi o‘quvchilariga yllanmalar berish masalasini ko‘rib chiquvchi maxsus komissiya majlisi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari bitiruvchilariga "Yurisprudensiya" mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi davlat oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun yllanmalar berish yuzasidan tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan Samarqand viloyati yuridik texnikumi bitiruvchi o‘quvchilariga yllanmalar berish masalasini ko‘rib chiquvchi maxsus komissiya majlisi 2023-yil 26-iyun kuni soat 14:00 da viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkazilishi belgilandi.
Manzil: Samarqand shahar, Bobur ko‘chasi, 12-uy.
☎Murojaat uchun telefon: 97-912-37-35
Дата добавления: 21/06/2023 11:26; Просмотров: 227
Чоп этилган вақт: 27/01/2025 10:02